
SAMARQAND KAMPUSIDA YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI!
Oriental universiteti Samarqand kampusining “Jismoniy madaniyat” kafedrasi hamda Urgut tuman 1-son sport maktabi o‘rtasida ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish va o‘quv-uslubiy izlanishlarni birgalikda rivojlantirishni maqsad qilgan muhim hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik doirasida qo‘shma imiy tadqiqotlar, konferensiyalar, seminarlar hamda birgalikdagi ilmiy maqolalar orqali yoshlar va mutaxassislar salohiyatini oshirish rejalashtirilmoqda.



Hamkorlik ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishni ham qamrab olib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va yoshlarni ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu memorandum ikki muassasa o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmatning yana bir mustahkam ifodasidir. Kelgusidagi qo‘shma faoliyat ta’lim sohasida yangi yutuqlar, sportda yangi marralar va ilmiy izlanishlarda yangicha yondashuvlarga yo‘l ochishiga ishonamiz!
ORIENTAL Matbuot xizmati


