
PAKUAN UNIVERSITETI BILAN NAVBATDAGI HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Oriental universiteti professor-o‘qituvchilari xalqaro akademik dastur doirasida Indoneziyada xizmat safarida bo‘lib turishibdi. Safar mobaynida, Oriental universitetining “Tillar-2” kafedrasi tarkibidagi “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi hamda Pakuan universitetining “Ingliz tili va adabiyoti” yo‘nalishi o‘rtasida o‘quv jarayonlarini integratsiyalash va akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.




Mazkur kelishuv doirasida professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturi amalga oshiriladi, faoliyatlar hujjatlashtiriladi va pedagogik tajriba almashiladi. Bundan tashqari, kelgusida “Tillar–2” kafedrasi o‘qituvchilari Pakuan universitetining Albion: Journal of English Literature, Language and Culture jurnalida taqrizchi va muharrir sifatida ishtirok etadi.




