Oriental University — Header

Universitetda rasman TOEFL test markazi ochildi!

Oriental universitetida yana bir muhim xalqaro voqea — rasmiy TOEFL test markazining ochilish marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda ETS tashkilotining Eurasia & Central Asia mintaqaviy direktori Anna Gutkowska-Zając ishtirok etib, ushbu hamkorlikning ta’lim sifati va xalqaro integratsiyadagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ochilish marosimi doirasida Anna Gutkowska-Zając hamda Oriental universiteti rektori Nozim Mamataxunov Azizovich ishtirokida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlovchi memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum asosida TOEFL imtihonining rasmiy test markazi Oriental universitetida faoliyat boshladi. Endilikda talabalar va barcha abituriyentlar ushbu xalqaro imtihonni bevosita universitet hududida topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Eslatib o‘tamiz, TOEFL imtihonlari joriy yilning 18-aprel sanasidan boshlab tashkil etiladi.