
Yangi ta’lim yo‘nalishlari!
Oriental universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari arafasida muhim yangilik e’lon qilindi. Universitetda bakalavriat, magistratura hamda doktorantura bosqichlari uchun zamonaviy va mehnat bozori talablariga mos yangi ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklar ochildi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
- 60411000 — Inson resurslarini boshqarish (HR)
- 60310200 — Xalqaro munosabatlar
- 61010200 — Sport faoliyati (kurash, futbol, taekwondo, dzyudo)
- 60110300 — Maxsus pedagogika: Surdopedagogika
- 60411100 — Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
- 60610500 — Sun’iy intellekt
- 60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish: Mumtoz tillar
- 60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish: Manbashunoslik
- 60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
- 60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish (fors tili)
- 60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
- 60230200 — Tarjima nazariyasi va amaliyoti (RGF)
- 60230200 — Tarjima nazariyasi va amaliyoti (Sharq tillari)
- 60411200 — Marketing
- 60410900 — Biznesni boshqarish
Magistratura mutaxassisliklari:
- 70110701 — O‘zbek tili va adabiyoti
- 70110201 — Ta’lim-tarbiya nazariyasi (M.T)
- 71010101 — Turizm va mehmondo‘stlik
- 70411201 — Marketing
- 70410901 — Biznesni boshqarish
- 70230104 — Adabiyotshunoslik
- 70540101 — Matematika
- 71010401 — Logistika
- 70110301 — Logopediya
- 70610501 — Sun’iy intellekt
- 70610304 — Data Science
Doktorantura ixtisosliklari:
- 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
- 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Mazkur yangi yo‘nalish va mutaxassisliklarning joriy etilishi universitetda ta’lim sifatini yanada oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi. 2026/2027-o‘quv yili uchun qabulni kutayotgan barcha abituriyentlar va talabgorlar uchun bu yangiliklar hali boshlanishi bo‘lib, kelgusida yana qator imkoniyatlar taqdim etilishi rejalashtirilgan.





