Oriental University — Header

Xalqaro akkreditatsiya va TESOL dasturlarini joriy etish istiqbollari!

Oriental universitetiga Edu Park xalqaro ta’lim va konsalting xizmatlari tashkiloti bosh direktori Islom Ali hamda tashkilot akademik direktori Marva Mansur xonim tashrif buyurdi. Mazkur tashrif doirasida tomonlar ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish, yo‘nalishlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda sifat menejmenti tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ingliz tilini o‘qitish metodikasiga ixtisoslashgan TESOL (Teaching English to Speakers of Other Languages) sertifikati asosida o‘quv kurslarini joriy etish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Ushbu tashabbus universitetda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Oriental universitetida Edu Park xalqaro ta’lim va konsalting xizmatlari tashkiloti vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mehmonlar xalqaro tajribaga tayangan holda ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda talabalarda zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.

ORIENTAL Matbuot xizmati