
Oriental jamoasi Xitoyda!
Ayni kunlarda Oriental universitetining 10 ga yaqin professor-o‘qituvchilari Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, xalqaro o‘quv-amaliy dasturda ishtirok etmoqda. Ustozlarimiz Xitoyning nufuzli Hebei Texnologiya universiteti bazasida tashkil etilgan “Xitoy ta’limi, madaniyati va zamonaviy sanoat texnologiyalari: amaliy tajriba va xalqaro hamkorlik” mavzusidagi xalqaro dastur doirasida bilim va tajribalarini yanada boyitmoqda.

Dastur davomida ishtirokchilar Xitoyning ilg‘or ta’lim tizimi, innovatsion pedagogik yondashuvlari, zamonaviy sanoat texnologiyalari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda xalqaro hamkorlik mexanizmlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Mazkur tashabbus Oriental universitetida ta’lim sifatini yanada oshirish, xalqaro tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish va professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.


Dastur yakunida ustozlarimiz 144 soatlik xalqaro o‘quv-amaliy kursni muvaffaqiyatli tamomlab, xalqaro sertifikat bilan taqdirlanadilar.




