
Oriental o‘qituvchilari xalqaro miqyosdagi TOEFL dasturida malakalarini oshirdi
Oriental universitetining “Garb tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bir necha hafta oldin xalqaro va respublika miqyosida muntazam o‘tkazilib kelinayotgan TOEFL dasturining navbatdagi amaliy mashg‘ulotlarida faol ishtirok etdilar. Bugun Oriental universiteti rektori Nozimjon Mamatoxunov ushbu amaliy mashg‘ulotda faol ishtirok etgan bir qator professor-o‘qituvchilarga TOEFL IBT workshop sertifikatlarini topshirdi.









Universitet rahbariyati tomonidan o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlar shubhasiz, ta’lim sifatining yanada oshishiga, xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.Amaliy mashg‘ulotlarda qatnashgan ustozlarimiz TOEFL imtihonining to‘rt asosiy ko‘nikmasi – tinglab tushunish (Listening), o‘qish (Reading), yozish (Writing) va og‘zaki nutq (Speaking) bo‘yicha mukammal bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdi. Ular olgan bilimlar nafaqat o‘zlari uchun, balki talabalarga sifatli ta’lim berishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.









Shuni alohida ta’kidlash joizki, Oriental universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshirish bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bunday amaliy mashg‘ulotlar va malaka oshirish kurslari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.


