
Oriental universitetida ilmiy salohiyat yanada yuksalmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq Oriental universitetining ikki nafar o‘qituvchilariga ilmiy darajali unvonlar berildi. Shu munosabat bilan Oriental universiteti rektori Nozimjon Mamataxunov ustozlarni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etib, ilmiy unvonga loyiq ko‘rilgan ustozlar – Jismoniy tarbiya fakulteti v.b. dotsentlari Mahsudbek Mo‘ydinov va Sanjarbek Soliyevlarga “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtiruvchi va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvоni diplomlarini topshirdi. Universitet jamoasi ham ustozlarni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaydi va ularning kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.






ORIENTAL Matbuot xizmati


