
ORIENTAL UNIVERSITETI RAHBARIYATINING QUVAYTGA NAVBATDAGI TASHRIFI!
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Qudratov boshchiligidagi delegatsiya Quvaytga rasmiy tashrif bilan borishdi. Tashrif davomida O‘zbekistonning Quvaytdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ayubxon Yunusov va o‘zbekistonlik boshqa vakillar Kuwait Investment Company vakillari bilan hamkorlikka doir rasmiy uchrashuv o‘tkazishmoqda. Shuningdek, ushbu tashrifda Oriental universiteti rahbariyati, xususan, rektor Dr. Mamataxunov Nozim Azizovich boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda. Tashrif doirasida Oriental universitetining Quvaytdagi yirik rasmiy hamkori — Kuwait Investment Company (KIC) vakillari bilan hamkorlikning amaliy bosqichiga o‘tish, shu bilan birga, Oriental universitetiga investitsiya kiritish masalalari keng muhokama qilinmoqda.










