Oriental University — Header

Oriental universitetida mart oyi Ilmiy kengash majlisi o‘tkazildi

Universitet kengash majlisida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, ijro intizomi masalasi ko‘rib chiqilib, bu borada tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 20-yanvardagi apparat yig‘ilishi 6-son bayoni ijrosi doirasida universitet rahbarlari hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Barcha soha prorektorlarining ish faoliyatini monitoring qilish natijalari tahlil qilinib, samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ilmiy va o‘quv-uslubiy kengash faoliyatini qayta ko‘rib chiqish masalasi yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, universitet Kasaba uyushmasining faoliyati bo‘yicha hisobot taqdim etilib, amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Bundan tashqari, Jismoniy tarbiya hamda Pedagogika fakultetlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha hisobotlar tinglanib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. Monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tasdiqlash masalasi ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilish davomida boshqa masalalar yuzasidan ham fikrlar va takliflar bildirilgan bo‘lib, universitetning rivojlanishiga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.

Oriental universitetida navbatdagi Ilmiy kengash majlisi o‘z ishini davom ettirdai. Majlisning keyingi bosqichida universitet oldida turgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, mustaqil tadqiqotchilarning monitoring natijalari tahlil qilinib, o‘zgartirish kiritilgan ilmiy mavzular tasdiqlandi. Shu bilan birga, mustaqil tadqiqotchilarni safdan chiqarish masalasi ham ko‘rib chiqilib, bu borada fikr-mulohazalar bildirildi.