
Mudofaa vazirligi bilan strategik hamkorlik aloqalari o‘rnatildi
Bugun Oriental universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi. Ikki tomonlama amaliy, ilmiy va tarbiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan, jangovar tayyorgarlik, texnik ta’minot va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan memorandum doirasidagi ilmiy-amaliy tadbirlar, konferensiya, seminar, mahorat darslariga Mudofaa vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari mutaxassislari jalb qilish, o‘quv yig‘inlari va amaliy mashg‘ulotlar haqida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilish, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha hamkorlikda ilg‘or tajribalar asosida ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlari ishlab chiqish va takomillashtirish kabi ustuvor maqsadlar ilgari surilgan.



Mazkur memorandum Oriental universiteti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish, harbiy soha bilan integratsiyani chuqurlashtirish va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini kuchaytirishga xizmat qiladi.


