Oriental University — Header

Turkiyaning Kırıkkale universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Oriental universitetiga Turkiyaning Kırıkkale universiteti rektori, professor Ersan Aslan tashrif buyurdi. Ikki universitet vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda o‘zaro tadqiqot ishlari, tadbirlar va doimiy taʼlim markazlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Ikki universitet uchun ham ilmiy va madaniy sohada manfaatli bo‘lgan mazkur uchrashuvda turli loyihalar va ta’lim sohasidagi hamkorliklar haqida ham so‘z yuritildi.

Oriental universiteti rektori Nozimjon Mamatoxunov hamda Turkiyaning Kirikkale universiteti rektori Ersan Aslanlar ishtirokida ikki universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.