Oriental University — Header

Malayziya GRANT g‘oliblari aniqlandi!

Oriental universitetining Toshkent va Samarqand kampuslarida o‘tkazilgan Malayziyada tahsil olish bo‘yicha GRANT imtihonlarining saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 6 nafar talabamizni chin yurakdan tabriklaymiz! Ular endilikda dunyoning TOP-500 universitetlari qatoriga kiruvchi Malayziyaning Utara Universitetida 2025-yil kuzgi semestrdan boshlab GRANT asosida tahsil olish baxtiga muyassar bo‘lishdi.

Bu ulkan muvaffaqiyat – fidokorona mehnat, qat’iyat va bilimga bo‘lgan sadoqatning yorqin namunasi! G‘oliblarimizga yangi bosqichda ham omad, ilhom va yuksak marralarni tilaymiz!