Ayni paytda talabalarimiz Recep Tayyip Erdoğan universiteti hamda Kırıkkale universitetiga yetib borishdi. Ular allaqachon yangi ta’lim muhitiga moslashib, bilim yo‘lida yangi ufqlar sari dadil odimlamoqda. Tez orada talabalarimiz ushbu nufuzli oliygohlarda o‘quv jarayonlarini katta ishtiyoq va ishonch bilan boshlaydilar. Bu …
Oriental universitetining grant asosida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritgan navbatdagi talabalarini Turkiyaga kuzatdik. Oriental universiteti talabalari Turkiyaning Rize shahrida joylashgan Recep Tayyip Erdoğan universitetida hamda Kırıkkale shahrida joylashgan Kırıkkale universitetida 1 semestr davomida tahsil olib, xalqaro tajriba orttirishadi. Bu esa …
Malayziya granti bo‘yicha ushbu jarayonning eng muhim va g‘oyalarga boy bosqichi — rektor bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Talabalarimiz ushbu bosqichda o‘zlarining istiqboldagi 5 yillik rejalarini taqdimot shaklida namoyish etdilar. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan 12 nafar nomzodlar — dunyoning TOP-500 oliy ta’lim …
Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining final janglari 22-yanvar kuni Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada erkaklar va ayollar 10 tadan vazn toifasida mamlakat chempionligi uchun ringga ko‘tarildi. Ushbu nufuzli musobaqada Oriental universiteti magistrantlari — boks bo‘yicha Osiyo va …
Turkiyaning Karabük universitetida tashkil etilgan “Eğiticilerin Eğitimi” dasturi doirasida Oriental universiteti professor-o‘qituvchilari nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar. Mazkur dastur Karabük universiteti Uzluksiz Ta’lim Markazi (KASEM) hamda Xalqaro aloqalar koordinatori hamkorligida tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida Oriental universiteti ustozlari zamonaviy oliy …
Bugun Oriental University hamda Dongduk Women’s University o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi (MoU) imzolandi. Mazkur hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida uzoq muddatli va barqaror akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi. Memorandumga muvofiq, 2026-yil sentyabr oyidan boshlab talabalarni Exchange Program …
Xabaringiz bor, yaqinda universitetimizning 20 ga yaqin professor-o’qituvchilari malaka oshirish maqsadida Turkiyaning nufuzli Karabuk universitetiga yo‘l olishgan edi. Hozirda, Oriental universitetining professor-ustozlari Karabuk universitetida malakaviy-amaliyot jarayonlarini allaqachon boshlab yuborishdi. Darslardan olingan foto-lavhalar orqali ta’lim jarayoni qay darajada samarali va sifatli …
2026-yilni Oriental universitetining 20 ga yaqin ustozlari Turkiyada malaka oshirish bilan boshlash arafasida. Bugun Orientallik ustozlarimiz xalqaro hamkorimiz, Turkiyaning nufuzli Karabük universitetida 1 oy davomida malaka oshirish maqsadida Turkiyaga joʻnab ketishdi. Amaliyot davomida ularning zamonaviy ta’lim yondashuvlari, xalqaro tajriba va …
Ayni kunlarda Oriental universitetining “Tillar–2” kafedrasi ustozlari boshchiligida “Filologiya va tillarni o‘qitish” ta’lim yo‘nalishi talabalari Xitoy Xalq Respublikasida amaliy-ta’limiy safarda bo‘lib turibdilar. Universitetimiz vakillari o‘z tashrifini Xitoy xalqining ko‘p asrlik tarixi va sivilizatsiyasining ramzi sanalgan Buyuk Xitoy devorini ziyorat qilishdan …
Oriental universitetining Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, “Tillar-1” kafedrasi professori Rixsitilla Alimuhamedov rasmiy tashrif bilan Turkiyaning Karabük universitetida bo‘ldi. Tashrif davomida Karabük universitetining Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor İsmail Rakıp Karaş bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. …
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Oriental universiteti professor-o‘qituvchilari xalqaro akademik dastur doirasida Indoneziya davlatida xizmat safarida bo‘lib turishibdi. Xizmat safari mobaynida universitetning “Tillar-2” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Dilshod Nasirov va Abdulahad Isakovlar Pakuan universitetining Ijtimoiy va gumanitar fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda talabalar …
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Oriental universiteti professor-o‘qituvchilari xalqaro akademik dastur doirasida Indoneziyada xizmat safarida bo‘lib turishibdi. Safar mobaynida, Oriental universitetining “Tillar-2” kafedrasi tarkibidagi “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi hamda Pakuan universitetining “Ingliz tili va adabiyoti” yo‘nalishi o‘rtasida o‘quv jarayonlarini integratsiyalash …











