Oriental universitetining Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, “Tillar-1” kafedrasi professori Rixsitilla Alimuhamedov rasmiy tashrif bilan Turkiyaning Karabük universitetida bo‘ldi. Tashrif davomida Karabük universitetining Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor İsmail Rakıp Karaş bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. …
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Oriental universiteti professor-o‘qituvchilari xalqaro akademik dastur doirasida Indoneziya davlatida xizmat safarida bo‘lib turishibdi. Xizmat safari mobaynida universitetning “Tillar-2” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Dilshod Nasirov va Abdulahad Isakovlar Pakuan universitetining Ijtimoiy va gumanitar fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda talabalar …
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Oriental universiteti professor-o‘qituvchilari xalqaro akademik dastur doirasida Indoneziyada xizmat safarida bo‘lib turishibdi. Safar mobaynida, Oriental universitetining “Tillar-2” kafedrasi tarkibidagi “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi hamda Pakuan universitetining “Ingliz tili va adabiyoti” yo‘nalishi o‘rtasida o‘quv jarayonlarini integratsiyalash …
Indoneziya davlatidagi xalqaro akademik dastur doirasida Oriental universitetining “Tillar-2” kafedrasi mudiri, dotsent Dilshod Nasirov, katta o‘qituvchi Abdulahad Isakov, shuningdek, “Biznes va boshqaruv” kafedrasi katta o‘qituvchilari Boburbek Hakimov va Farrux Turdiqulov Pakuan universiteti (UNPAK) talabalariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan jadval asosida …
Oriental universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan hamkorlikda “Mushtarak ma’rifat sari: o‘zbek va qozoq jadidlarining hamkorlik tarixi” mavzusida xalqaro vebinar o‘tkazildi. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan …
Turkiyaning Sinop universiteti mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan “11-Xalqaro ASES Ilmiy Tadqiqot Kongressi” doirasida Oriental universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Salima Rustamiy Sinop universiteti rektori, professor Şakir Taşdemir boshchiligidagi uchrashuvda ishtirok etdi. Muloqot davomida Sinop universiteti va Oriental universiteti o‘rtasida o‘quv …
Oriental universiteti Samarqand kampusining “Jismoniy madaniyat” kafedrasi hamda Urgut tuman 1-son sport maktabi o‘rtasida ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish va o‘quv-uslubiy izlanishlarni birgalikda rivojlantirishni maqsad qilgan muhim hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik doirasida qo‘shma imiy tadqiqotlar, konferensiyalar, …
Oriental universitetining “Tillar-2” kafedrasi hamda “Biznes va boshqaruv” kafedrasi professor-o‘qituvchilari xalqaro akademik dastur doirasida Indoneziya davlatida xizmat safarida bo‘lib turishgani haqida xabar bergan edik. Xizmat safari davomida universitetimiz vakillari Boburbek Hakimov va Farrux Turdiqulovlar Indoneziyaning yirik provinsiyalaridan biri bo‘lgan Java …
Ayni kunlarda Turkiyaning Sinop universiteti mezbonligida ASES (Ilmiy va ta’lim tadqiqotlari akademiyasi), Oriental universiteti va Kipr Amerika universiteti hamkorligida “11-Xalqaro ASES Ilmiy Tadqiqot Kongressi” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli ilmiy anjumanda universitetimizning “Tillar-1” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Salima Rustamiy …
Oriental universitetiga O‘zbekistonda CELTA kurslarini tashkil etuvchi markazlardan biri “Edu-Action Exam Centre”ning tajribali xorijiy mutaxassislari — 30 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro CELTA treneri, ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha yetuk mutaxassis Gerald Bagge hamda tajribali CELTA treneri, CELTA kurslarida metodika …
Bugun Oriental universitetida yirik sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, Oriental universiteti professori Kamoliddin Shamsiddinning 70 yillik yubileyi munosabati bilan “Turkiston ilk o‘rta asrlarda: tarix va tarixiy geografiya (VI–VIII va IX–XIII asrlar)” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Mazkur anjuman Sharq …
Oriental universitetida Turkiyaning Recep Tayyip Erdoğan universiteti vakillari – O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Nebi Gümüş, universitet Kotibiyat mudiri Dr. Adnan Er hamda Turk tili va adabiyoti bo‘limi professori, Dr. Orhan Kemâl rasmiy tashrif bilan mehmon bo‘lishdi. Uchrashuv avvalida tomonlar …











