Oriental University — Header
Showing 61-72 of 122 results

Fransiya Prezidenti tarjimoni Orientalda faoliyatini boshladi!

0

Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro sammit doirasida Oriental universiteti uchun muhim kelishuvga erishildi. Ingliz va fransuz tillari bo‘yicha mashhur mutaxassis, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron hamda sobiq prezident Fransua Ollandning tarjimoni bo‘lib ishlagan Elvin Abbasbeyli Oriental universitetida professor-o‘qituvchi sifatida …

Oriental universiteti delegatsiyasi Xalqaro Sammitda!

0

2025-yil 24–25-sentabr kunlari Oriental universitet rektori Nozim Mamataxunov, Moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor Farrux Quvondiqov va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Farrux Xudayberdiyev boshchiligida Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahrida bo‘lib o‘tgan “The Eurasia Universities Summit 2025 (Yevrosiyo Universitetlar Sammiti 2025)” da ishtirok etdi. …

Orientalda Xitoy bilan hamkorlikning yangi sahifasi ochilmoqda!

0

Oriental universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Pekin Ruipan xalqaro ta’lim texnologiyalari kompaniyasi (BRIETC) Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Joanna Van Huan hamda kompaniyaning Ichki bo‘lim boshlig‘i Chen Li xonimlar mehmon bo‘lishdi. Uchrashuv davomida Oriental universiteti va BRIETC o‘rtasida anglashuv memorandumi (MOU) imzolandi. Ushbu …

Xalqaro ta’lim diplomatiyasida yangi qadamlar!

0

Oriental universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida joriy yilning sentabr–dekabr oylariga mo‘ljallangan yangi tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Shu maqsadda bugun Malayziyaning Utara universiteti (UUM) professori Saliza Binti Abdul Aziz mehmon sifatida tashrif buyurdi. Professor Salizaning tashrifi davomida talabalar …

Oriental universitetida xalqaro hamkorlik sari navbatdagi dadil qadamlar!

0

Bugungi globallashuv jarayonida xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalari oliy ta’lim muassasalari rivojlanishining eng muhim omillaridan biri sanaladi. Shu boisdan Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy ta’lim maskanlari bilan Oriental universiteti o‘rtasida yangi bosqichdagi hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Yaqin kunlarda Oriental universiteti va A.I.Gertsen nomidagi …

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada yangi hamkorlik memorandumlarini imzolandi!

0

Bugun Indoneziyaning Bali orolida joylashgan hashamatli Aryaduta mehmonxonasida “3-xalqaro menejment, texnologiya, muhandislik va dizayn konferensiyasi” o‘z ishini boshladi. Shu sababdan ayni kunlarda Oriental universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Malika Nasirova Indoneziya davlatida bo‘lib turibdi. Ushbu nufuzli ilmiy anjumanning …

Oriental universiteti professor-o‘qituvchilari O‘mon sultonligida

0

Bugun O‘zbekiston va O‘mon sultonligi o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bu hamkorlik natijasi o‘laroq, ayni damda Oriental universitetining «Sharq tillari» kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Sulton Qobus nomidagi Arab tilini o‘qitish institutida malaka oshirmoqda. Ushbu nufuzli dastur doirasida …

Oriental universitetiga O‘mon sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busa’idiy xonim tashrif buyurdi

0

Bugun Oriental universitetiga O‘mon sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busa’idiy xonim tashrif buyurdi. Tashrif davomida elchi xonim rektor Nozimjon Mamatoxunov hamrohligida universitet shart-sharoitlari hamda dars jarayonlari bilan batafsil tanishdi. Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali …

Turkiyaning Kırıkkale universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

0

Oriental universitetiga Turkiyaning Kırıkkale universiteti rektori, professor Ersan Aslan tashrif buyurdi. Ikki universitet vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda o‘zaro tadqiqot ishlari, tadbirlar va doimiy taʼlim markazlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Ikki universitet uchun ham ilmiy va …

Erasmus+ haftaligi: 1-kun — Toshkentda axborot sessiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

0

Erasmus+ Haftaligi doirasidagi ilk tadbir Toshkent shahrida, Oriental universitetida katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi. Mazkur axborot sessiyasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Erasmus+ Milliy ofisi (NEO) hamda Higher Education Reform Experts (HEREs) jamoasi hamkorligida tashkil etildi. Sessiyada kimlar qatnashdi?Tadbirda Toshkentdagi …

Ta’lim diplomatiyasi yo‘lida: Oriental va Karabük universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik

0

Bugun Oriental universitetiga Turkiyaning nufuzli oliy o‘quv dargohlaridan biri bo‘lgan Karabük universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mazkur tashrif universitetlar o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida Karabük universitetining Xalqaro aloqalar bo‘limi koordinatori Adnan Uсur, Kutubxona va hujjatlashtirish boshqarmasi rahbari …

Oriental universiteti pedagoglari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada

0

Joriy yilning 2-4 may kunlari Turkiyaning Nigde shahrida Ilmiy va Ta’limiy Tadqiqotlar Akademiyasi (ASES) va Niğde Ömer Halisdemir universiteti hamkorligida Xalqaro ijtimoiy fanlar konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Oriental universitetidan “Sharq tillari” kafedrasi professori Salima Rustamiy va “Uzluksiz ta’lim …